Kuksa (idish)
Kuksa (fin: kuksa, guksi shved. kåsa) — bu yogʻochdan oʻyilgan anʼanaviy saam krujkasi (kichik kosa yoki choʻmich).
Foydalanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu idish sovuq va issiq ichimliklar, shuningdek, suyuq ovqatlarni isteʼmol qilish uchun ishlatiladi. Hajmi kichiklari 50 mldan boshlab kattalari 500 ml gacha boʻlishi mumkin. Finlandiyada, anʼanaga koʻra, yangi tugʻilgan chaqaloqqa kuksa sovgʻa qilinadi va bu insonning ildizlaridan ajralmasligini anglatadi. Saamlar kuksa omad keltirishiga ishonishadi[1].
Yengilligi, mustahkam va tashqi koʻrinishi tufayli kuksa sayyohlar, bushkraftlar(atrof-muhitni tadqiq qilib, yovvoyi tarzda kun kechiruvchilar) orasida keng tarqaldi. Krujkani ushbu mavzuga bagʻishlangan koʻplab resurslardan, shuningdek, hunarmandlardan sotib olish mumkin.
Kuksaning plastik analogi Shvetsiya armiyasining muhim toʻplamlarining bir qismidir[2][3].
Ishlab chiqarish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kuksa qoʻlda hamda turli xil yogʻochga ishlov berish uskunalari yordamida sanoat usulida tayyorlanadi. Eman, qayin, tol, qoraqayin[4] kabi bargli daraxtlar ishlatiladi. Anʼanaga koʻra, kuksa qayin tanasi ustidagi sharsimon oʻsimta suveldan qoʻlda kesib olib ishlanadi. Tayyor idishlar foydalanish davrini uzaytirish hamda suvga chidamliligini taʼminlash uchun zigʻir yogʻida qaynatiladi. Kuksa, baquvvat koʻrinishiga qaramay, juda yengil va qulay. Birinchi marta ishlatishdan oldin unga oʻtkir qahvani quyib, necha daqiqa davomida qoldiriladi, shundan soʻng u quritiladi va ichki devorlarini qahvaning quyqasi bilan ishqalab artib olinadi. Bu mahsulotga toʻq yaltiroq rang beradi.
Kuksaning sifati buzlimasligi uchun uni maxsus vositalar bilan yuvish va spirtli ichimliklarni ichish tavsiya etilmaydi. Ular yogʻoch idishni quritb yuboradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kuksa (idish) haqida Vikipediyaning qardosh loyihalarida koʻproq bilib oling | |
Maʼno va tarjimalari Vikilugʻatda | |
Media fayllar Vikiomborda | |
Taʼlim resurslari Vikiversitetda | |
Xabarlar Vikiyangiliklarda | |
Iqtibos, maqol va matallar Vikiiqtibosda | |
Asarlar matnlari Vikimanbada | |
Kitob va darsliklar Vikikitobda |
- Milliy Finlandiya — Fin kuksa krujkasi
- Kuksa haqida — Mening sayyoram
- Kuksa tayyorlash — Jim Dillard tomonidan tarjima — Feyrbanks xalq maktabi, Alyaska
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |